Maktablardagi koʻpchilik Yoshlar yetakchilarimizdan joylarda 0,25 stavkasi qisqarishi mumkin ekan degan xavotirda murojaatlar tushayotgan edi.
«Prezidentimiz tomonidan oʻtgan haftada Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda yangi kiritilayotgan Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimlariga Yoshlar yetakchilaridan 0,25 stavka qisqartirish hisobiga emas, balki qoʻshimcha mablagʻ ajratish boʻyicha aniq topshiriq boʻldi.
Shuning uchun xavotirga oʻrin yoʻq! Yoshlar yetakchilari endi eʼtiborlarini bunday xavotirlarga emas, balki joylarda oʻz faoliyati samaradorligini oshirishga qaratishlari zarur.
Xabaringiz bor, kuni kecha davlatmiz Rahbarining Buxoro viloyatiga tashriflari davomida IT-parkdagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz Peshku tumanidagi internet orqali yaxshi daromad olayotgan Shaxrillo faoliyati bilan tanishib, juda xursand bo‘ldilar. Esingizda bo‘lsa u pandemiya davrida boshqa yoshlarimiz uchun online darslar tayyorlashda ham ishtirok etgan edi.
Shu o‘rinda Yoshlar yetakchilari har bir maktabning yuqori sinf o‘quvchilari hamda bitiruvchilari orasidan internet orqali o‘z mehnati bilan oilasiga daromad keltirayotgan Shaxrillo kabi yoshlar faoliyatini ko‘proq targ‘ib qilib borsa, bu ularning tengdoshlari uchun ham havas, ham o‘rnak bo‘lar edi», deb yozmoqda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov.