Maʼlum qilinishicha, hujjatlar 25 maydan 14 iyungacha onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz platformalari orqali qabul qilinadi.

Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan oʻquvchilar 5-sinf uchun hujjat topshirishi mumkin.

Ariza topshirish uchun quyidagi hujjat va maʼlumotlar talab etiladi:
  • oʻquvchining soʻnggi ikki oy ichida tushirilgan fotosurati;
  • tugʻilganlik haqidagi guvohnoma;
  • tegishli oʻquv yili natijalari boʻyicha maktab direktori tasdiqlagan baholar tabeli nusxasi yoki QR-kod bilan tasdiqlangan elektron tabel;
  • ota-onasi yoki qonuniy vakilining pasport maʼlumotlari;
  • bogʻlanish uchun telefon raqami.

Shuningdek, talabgorninng 4-sinf yillik baholarida matematika va tabiiytshunoslik fanlaridan “5” baho boʻlishi shartligi taʼkidlandi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni 1206 qisqa raqamli call-markaz orqali olish mumkin.