Prezident maktablarining birinchi bosqich imtihonlari 15-iyul kuni boʻlib oʻtadi

    Ta'lim 14 Iyul 2023 2299

    Respublika miqyosida Prezident maktablariga qabul qilingan hujjatlar boʻyicha bitta oʻringa oʻrtacha 169 ta nomzod toʻgʻri kelmoqda.

    Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muasasalari agentligi axborot xizmati rahbari Joʻrabek Jangirov maʼlum qildi:

    Qayd etilishicha, hududlar kesimida bir oʻringa qabul qilingan hujjatlar boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Andijon viloyatida 267 ta, Fargʻona viloyatida 229 taga toʻgʻri kelayotgan boʻlsa, bir oʻringa qabul qilingan hujjatlar boʻyicha eng past koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida 80 ta, Navoiy viloyatida 74 taga toʻgʻri kelmoqda.

    Prezident maktablarining birinchi bosqich imtihonlari 15-iyul kuni 3 smenada:

    1-smena soat 08.00da,

    2-smena 12.00da,

    3-smena 17.00da boʻlib oʻtadi.

    Bunda, talabgorlar 1 soat vaqt davomida Matematika fanidan 30 ta test topshiriqlarini bajarishi lozim.

    Imtihon joyi va boshqa zaruriy maʼlumotlar talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma tarzida yuborildi.

    Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan imtihon boʻlib oʻtadigan joyga kelishlari kerak.