Uchrashuvda ularning faoliyati, hududlardagi oʻzgarishlarning yoritilishi, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash darajasi muhokama qilindi.

OAV va blogerlar bilan aloqalarni yetarlicha yoʻlga qoʻymagan, tanqidiy materiallarga tezkor munosabat bildirmagan axborot xizmatlari qayd etilib, ularga koʻmaklashish choralari belgilandi.

Uchrashuvga vazirlik va idoralarning matbuot kotiblari ham chaqirilib, markaziy va hududiy axborot xizmatlari oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mexanizmi tashkil etildi.

Shunday formatdagi uchrashuvlarni muntazam oʻtkazib turishga kelishib olindi.