Oʻzbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.
Global va mintaqaviy tahdidlar, iqtisodiyotdagi beqarorlik va jahon bozorlaridagi oʻzgaruvchanlikning kuchayishi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi sheriklikni kengaytirishning yangi yoʻllarini yanada faol izlashni taqozo etmoqda.