Prezident Qarshi davlat universiteti talabasiga 2 xonali uy sovgʻa qildi

    Keyingi avlod 16 Noyabr 2020 2011

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Qarshi shahridagi Yoshlar markazida boʻlib oʻtgan qashqadaryolik yoshlar bilan uchrashuvda QarDU talabasi Shohida Joʻrayevaga ikki xonali uy sovgʻa qildi.

    Talaba Prezident bilan muloqotda yoshlar, yosh oilalarning psixologik madaniyatini oshirish, ularni katta hayotga tarbiyalash maqsadida “Yosh psixologlar” markazini tashkil etish taklifini bildirdi. Mazkur taklif davlatimiz rahbari tomonidan maʼqullandi.

    – Prezidentimizning yangi ochilgan Yoshlar markaziga tashrif buyurib, biz yoshlar bilan shaxsan oʻzlari muloqot qilishlari cheksiz quvonch bagʻishladi. Yigʻilishda yoshlar, yosh oilalarning psixologik madaniyatini oshirish, ularni katta hayotga tarbiyalash maqsadida “Yosh psixologlar” markazini tashkil etish taklifi bilan chiqdim. Ushbu taklif Prezidentga maʼqul keldi, - deydi Shohida Joʻrayeva.

    Aytish kerakki, Shohida Joʻrayevaga bu yil omadli keldi. U tavsiyanoma boʻyicha davlat granti asosida universitetning Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili) taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilindi.