Unda saylovda xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish masalasi koʻrib chiqildi. MSK qaroriga muvofiq, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosidan 3 nafar xalqaro kuzatuvchi roʻyxatdan oʻtkazildi.
Shuningdek, majlisda 36 nafar mahalliy OAV xodimi roʻyxatdan oʻtkazildi. Shu kunga qadar akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahalliy OAV vakillari soni 766 nafar, xorijiy OAV vakillari — 48 nafar.
Yigʻilishda siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganini tekshiruvchi Ekspert guruhlarini tuzish masalasini koʻrib chiqildi.