- 1,3 ming kilometr magistral yoʻllar boʻylarida, hududlarning iqlimidan kelib chiqib, sentyabr-dekabr oylarida 480 ming dona hamda kelgusi yil bahor oylarida 330 ming dona chinor, eman, jiyda terak va boshqa daraxt koʻchatlarini ekish;
- yil yakuniga qadar shaharlar va tuman markazlarida 16 million dona mevali, yongʻoq manzarali va daraxtlar buta koʻchatlari ekish;
- aholi xonadonlari, tadbirkorlik obyektlari hududi va ularning yon atrofida 42 million dona tut, yongʻoq, jiyda kabi daraxtlar ekish;
- dala maydonlari atrofi hamda kanallar boʻyida 53 million dona tut, jiyda, manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekish;
- oʻrmon xoʻjaliklari hududlarida 3 million dona tut koʻchati ekish;
- Mudofaa vazirligi tasarufidagi muassasalarda, shu jumladan Chorvoq suv ombori hamda Krasnogorsk shaharchasi atrofidagi oʻrmon hududlarida 500 ming dona manzarali, mevali va buta koʻchatlarini ekish;
- ikki oy muddatda shaharlar va tumanlar markazlaridagi 4,5 ming kilometr ichki irrigatsiya tarmoqlarini faoliyatini tiklash.