Agentlik rahbari Hilola Umarova mazkur memorandum ahamiyatini alohida eʼtirof etdi:

— Bugun bu yerda universitetimizning eng iqtidorli oʻquvchilari yigʻilgan. Hozir ularning koʻnglidan kelajakda shu yerda malaka oshirish, ishlash istagi oʻtayotganiga aminman. Istiqbolda ham hamkorlikni davom ettirish orqali biz yoshlarimizning amaliy bilimlarini oshirishga yordam beramiz. Ishonamanki, talabalarimiz “Oʻzbekistan GTL”dan katta taasurot bilan qaytishadi.