Unda Agentlik rahbari Hilola Umarova va Cambridge University Press&Assessment tashkiloti Bosh direktori Peter Filipss tomonidan imzolangan hamkorlik shartnomasi haqida ham maʼlumot berilgan.
Hilola Umarova: “Cambridge Assessment International Education tashkiloti eng ishonchli hamkorlarimizdan biridir. Umid qilamanki, ikki tomonlama hamkorlik aloqalari uzoq yillar davom etib, koʻplab yutuqlarga erishamiz”.
Peter Filipss: “Agentlik taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish, oʻquv dasturlari va imtihonlarni oʻtkazish kabi sohalarda doimiy yangiliklar qilmoqda va biz Oʻzbekiston bilan hamkorligimiz yangi bosqichga koʻtarilganidan xursandmiz”.