Uchrashuvda partiya faollari, deputatlar, viloyat jamoatchiligi vakillari ishtirok etmoqda.
Nomzodning ishonchli vakili, Qarshi shahar hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Orasta Tosheva yigʻilganlarni B.Abduhalimovning tarjimayi holi bilan tanishtirdi.
Oʻzaro muloqot chogʻida Bahrom Abduhalimov saylovchilarni oʻz saylovoldi dasturining ustuvor yoʻnalishlari bilan tanishtirmoqda.