Uchrashuvda partiya faollari, deputatlar, viloyat jamoatchiligi vakillari ishtirok etmoqda.
Nomzodning ishonchli vakili, Ekologik partiya Qashqadaryo viloyati kengashi raisi Nosir Halimov yigʻilganlarni N.Oblomurodovning tarjimayi holi bilan tanishtirdi.
Yuzma-yuz muloqotda Narzullo Oblomurodov saylovchilarni oʻz saylovoldi dasturining ustuvor yoʻnalishlari haqida maʼlumot berdi.