“Huquqiy axborot” telegramm kanalining maʼlum qilishicha, Prezidentlikka nomzod 15 nafargacha, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod 10 nafargacha, viloyat Kengashi deputatligiga nomzod 5 nafargacha, tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzod 3 nafargacha ishonchli vakilga ega boʻlishga haqli.

Ishonchli vakillar:

nomzodga saylov kampaniyasini oʻtkazishda yordam beradi;
saylash uchun tashviqot olib boradi;
davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov komissiyalari bilan boʻladigan munosabatlarda nomzodning manfaatlarini ifodalaydi.

Ishonchli vakil saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.