Qarorga koʻra, quyidagilar amalga oshiriladi: 

🔹 “SILK AVIA” MCHJ ustav kapitalidagi “Uzbekistan Airports” AJning 100 foiz ulushini uning brendini saqlab qolgan holda “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Uzbekistan Helicopters” MCHJ ustav kapitaliga oʻtkaziladi;

🔹“Uzbekistan Airports” AJning 3 ta “ATR72-600” rusumli havo kemasi “SILK AVIA” MCHJga begʻaraz oʻtkaziladi;

🔹“SILK AVIA” MCHJ faoliyatini samarali tashkil etishva rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida “ATR72-600” rusumli havo kemalari soni oshiriladi;

🔹“Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Uzbekistan Helicopters” MCHJ zimmasiga mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yoʻnalishlarni yoʻlga qoʻyish hamda “ATR72-600” rusumli havo kemalari parkini rivojlantirish vazifalari yuklanadi.