Professional futbol klubi futbolchilari Jizzax viloyatida 1993 y.t., Q.B va Surxondaryo viloyatida 1994 y.t., А.S. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs bank kartalaridagi umumiy 18.341.250 soʼm pullarini yechib olinganligini bildirgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida  pullarni oʼzlashtirgan shaxs futbol klub jamoasi aʼzosi Fargʼona viloyati Oʼzbekiston tumanida yashovchi 2004 y.t., M.M. ekanligi aniqlangan.

M.M. ushbu jinoyatni futbol klubi jamoasi mashgʼulotlar oʼtkazgan vaqtda futbolchilar buyumlari qoldirilganligidan foydalanib telefon qurilmalaridan bank kartasi ulangan sim-kartalarni oʼzining qurilmasiga oʼtkazib, SMS-xabarnomalarni qoʼlga kiritish yoʼli bilan amalga oshirganligi maʼlum boʼldi.

M.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.