Buning evaziga u vakolatli tanishlari orqali chora koʻrilmasligini taʼminlash uchun 9 ming AQSH dollari talab qilgan.

Gumonlanuvchi hozirda Namangan shahridagi oliygohlardan birida tahsil olayotgani sababli, pullarni oʻsha yerga olib kelishni soʻragan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida u Namangan viloyatida mazkur mablagʻni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi:

  • 25, 168-modda (firibgarlikka suiqasd qilish) 3-qismi “v” bandi;
  • 28, 211-modda (pora berishga dalolat qilish) 1-qismi.

Hozirda ayblanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.