Qayd etiilishicha, propan narxlarini barqarorlashtirishga qaratilgan choralar natijasida birjada oʻrtacha narxlar 9,3 mln soʻmdan 7,8 mln soʻmgacha yoki 18 foizga pasaydi.
2025-yil noyabr dekabr oylari va joriy yilning yanvar oyida propanning birja savdolarida boshlangʻich narxlarni asossiz oshirish va hajmlarni sunʼiy ravishda birja savdolariga chiqarmaslik maqsadida raqobatga zid boʻlgan muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish alomatlari yuzasidan 92 import qiluvchi korxonalarga ish qoʻzgʻatildi.
Xususan:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasida — 5 ta,
- Andijon -7 ta,
- Buxoro- 3 ta,
- Fargʻona — 13 ta,
- Namangan — 4 ta,
- Qashqadaryo- 5 ta,
- Samarqand -17 ta,
- Sirdaryo — 4 ta,
- Toshkent shahri — 21 ta,
- Toshkent viloyat — 1 ta,
- Xorazm viloyatlarida — 12 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan belgilangan tartibda monopoliyaga qarshi ish qoʻzgʻatildi.
Chakana narxlarni asossiz oshib ketmaslik boʻyicha yoqilgʻi quyish shoxobchalarda doimiy monitoring amalga oshirilmoqda.