Qayd etilishicha, Qoʻmita tomonidan 2025-yil noyabr—dekabr oylarida bozor ishtirokchilariga metan gaziga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlardan foydalanib, suyultirilgan gaz narxlarini asossiz oshirish holatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida profilaktik ogohlantirishlar yuborilgan.

Shunga qaramasdan, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan adolatli bozor tamoyillariga zid ravishda narxlarni asossiz oshirishga qaratilgan manipulyatsiya va muvofiqlashtirilgan harakatlar alomatlari aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan Qoʻmita tomonidan belgilangan tartibda qonunbuzilish alomatlari boʻyicha ish qoʻzgʻatish jarayoni boshlandi.

Bundan tashqari, birja savdolarida narxlarni barqarorlashtirish maqsadida “korreksiyalashtiruvchi” choralar koʻrilmoqda. Xususan, bozor ishtirokchilariga birja savdolariga mahsulotlarni toʻliq hajmda va uzluksiz ravishda chiqarish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar yuborildi.