O‘z tarkibiga mashhur dzyudochilarni jamlagan Parij klubi Yevropa Ligasida chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi va bu bilan Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. -90 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Bobonov raqibini vazari bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.  

Chexiyaning Praga shahrida oʻtgan Yevropa Ligasida Koʻhna qitʼaning 13 ta erkaklar, 4 ta ayollar klublari ishtirok etdi. Erkaklar oʻrtasidagi musobaqa finalida “Pari Sen-Jermen” klubi “Sent-Jenevev” jamoasini 4:1 hisobida yengdi, deya xabar beradi Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati.