Asaka tumanidagi “B.D.” fermer xo'jaligi rahbari R.U. va fuqaro A.S. o'zaro til biriktirib, 2 nafar fuqaroga boshqa fermer xo'jaligiga qarashli 12 sotix yer maydonini 15 600 AQSH dollariga uy-joy qurish uchun sotishga kelishib, tanishlari yordamida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, 10 200 AQSH dollari va 63 mln so'mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Q. fuqaro D.O.ga tanishlari yordamida 10 000 AQSH dollari evaziga Kosonsoy tumani “G'o'rmiron” MFYdagi “Q.SH.” fermer xo'jaligiga qarashli 1 gektar yer maydonini chorvachilik yo'nalishida foydalanish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, 5 000 AQSH dollari va 11,7 mln so'mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.