Yoʻlovchilar uning ustidan oʻtishi bilan yuzaga keladigan ogʻirlik taʼsirida plitalar ostidagi elektromagnitli generatorlar ishga tushib, tok hosil boʻladi. Har bir qadam 4 joul elektroenergiya chiqaradi.
Bu koʻchalardagi oʻrindiqlarga oʻrnatilgan USB-ulagichlarga elektr quvvatini yetarli darajada yetkazish uchun kifoya. Ulagichlardan foydalangan holda telefon, gajetlarni quvvatlantirib olish mumkin.
Mazkur loyiha Buyuk Britaniya transport vazirli tomonidan 22,9 million funt-sterling qiymatidagi ADEPT SMART dasturi doirasida moliyalashtirilmoqda.