Tarixchi olima A.Musakayevaning taʼkidlashicha, Buxoroda  milodiy III-IV  asrlarda mis tangalar muomalada bo‘lgan. Bu tangalarning old tomonida tuya suratlari tasvirlangan.  Orqa tomonida esa olov  mehrobi o‘z aksini topgan. Umuman Buxoro tangalarida 300 yil davomida tuya tasvirli tangalar ustunlik qilgan. 

Shuningdek, Choch va Varaxshadan topilgan tangalarda ham qurbongoh va tuya tasvirlari ko‘p uchraydi. Arxeologlar V.A.Shishkin va L.I. Rempelning qayd etishicha, tuyani tangalarda tavsirlash aslida Avesto rivoyatlaridan meros qolgan.