Toshkent shahri hududidan oqib o'tuvchi barcha kanallar, anhorlar va shunga o'xshash boshqa suv havzalarida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar va tuman bo'limi xodimlari tomonidan aholi o'rtasida tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berishicha, Mirobod va SHayxotohur tuman FVB xodimlari tomonidan Mirobod tumani hududidan oqib o'tuvchi Qorasuv va Salar, SHayxontohur tumanidan oqib o'tuvchi Anhor kanallarida aholi cho'milishi mumkin bo'lgan joylarga «CHo'milish taqiqlanadi» taqiqlovchi belgilari o'rnatilgan. Ushbu hududlarda nazorat kuchaytirilgan.
Avval Xorazmning Xonqa tumanidagi SHovot kanalida 19 yoshli yigit suvda cho'kib vafot etgani xabar qilingandi.
2019 yil may oyida cho'milish mavsumi boshlanmay turib, suvda cho'kib halok bo'lganlar soni 40 nafardan oshib ketgandi.