Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Matbuot xizmatining maʼlumot qilishicha, bu boʻyicha vazirlikning Toshkent shahar boshqarmasiga “Mehr va Oqibat” hayvonlarni muhofaza qilish jamiyatidan ariza kelib tushgan.
Tabiat resurslari vazirligining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi xodimlari olmaxon saqlanayotgan joyga borishdi.
Vaziyat oʻrganilib, Mirzo Ulugʻbek tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimida olmaxon tabiatga qoʻyib yuborildi.