Oʻzbekiston valyutasini soxtalashtirish uchun Gʻijduvon tumanining Sharq mahallasida yashovchi S.A., Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Malikobod mahallasida yashovchi Sh.B., qoʻshni mahallaning F.Xoʻjayev koʻchasida yashovchi D.A. va A.D.lar oldindan jinoiy til biriktiradi.

Buning uchun ular Buxoro shahri A.Temur koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylardan birini vaqtinchalik ijaraga oladi.

Xonadonda “Epson L-3100” rusumli rangli printer yordamida 100 ming soʻmlik pul kupyuralarini yasab, qalbaki pullarni savdo doʻkonlari va fuqarolarga oʻtkazadi. Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, tezkor tadbirda ular ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan ushbu jinoiy guruhning 4 nafar aʼzolariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.