Xususan, Toshkent aeroportida quyuq tuman sababli koʻrinishning yomonlashishi (250 m) “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9614 (Moskva — Toshkent) (Moskva — Toshkent) reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirilishiga sabab boʻldi.
HY336 (Jidda — Toshkent) reysi esa Navoiy xalqaro aroportiga yoʻnaltirildi. Ob-havo yaxshilangach, bort yoʻlovchilar bilan poytaxt aeroportiga uchib keldi.
Andijon aeroporti ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli vaqtincha yopildi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY091 (Toshkent — Andijon) va HY049 (Andijon — Samarqand) reyslari Fargʻona aeroportidan oʻzgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. “Andijon” aeroporti rahbariyati tomonidan yoʻlovchilar uchun Fargʻona aeroportiga transport tashkil qilindi.
Parvozlar jadvalidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni aviatashuvchilardan olishingiz mumkin.