“Qalmoqqir” koni kuzatuv punkti – zamonaviy turizm markaziga aylanadi

    Turizm 5 Fevral 2021 5662

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining 2020 yil 23 dekabrdagi topshirig’iga muvofiq, Turizmni rivojlantirish qo’mitasi tomonidan OKMK "Qalmoqqir" konida geoturizm va sanoat turizmini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

    Ayni kunlarda qo’mita bilan OKMK hamkorligida "Qalmoqqir" konida turizmni rivojlantirish borasida muayyan ishlar boshlab yuborildi.

    Ta’kidlash joizki, "Qalmoqqir" koni dunyodagi eng yirik mis porfirli ochiq konlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda konning uzunligi 4 km, eni 2 km, chuqurligi 530 metrni tashkil etadi. Mazkur kondan yiliga 30 mln. tonnadan ziyod ruda qazib olinadi.

    Kelgusida kondagi kechayotgan qizg’in ish jarayonini ko’rish uchun mo’ljallangan tomosha maydoni quriladi. Sayyohlar uchun maydonda jarayonni yaqindan kuzatish imkonini beruvchi statsionar binoskop(durbin)lar, kon haqida batafsil ma’lumot beruvchi bannerlar o’rnatiladi. Ushbu hudud obodonlashtirilib jonli burchak ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

    Shuningdek bu yerga tashrif buyurgan sayyohlarga tog’-kon ishlarida qo’llaniladigan texnika vositalari, asbob-uskunalarning maketlari ko’rgazmasi ham taqdim etiladi.

    OKMK Axborot xizmatiBir so’z bilan, "Qalmoqqir" koni Toshkent viloyat geo-sanoat turizmi hududlaridan biriga aylandi.