Qamchibek Tashiyev kelajakda Manasning Qirg'iziston poytaxti bo'lishi mumkinligini inkor etmadi

    Qamchibek Tashiyev kelajakda Manasning Qirg'iziston poytaxti bo'lishi mumkinligini inkor etmadi. Bu haqda u mahalliy maktab direktorlari bilan uchrashuvda aytib o'tdi.

    Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi rahbarining ta'kidlashicha, 2026-yilda Manas Bishkek va O'shdan keyin uchinchi davlat ahamiyatiga ega shahar maqomini oladi. Uning fikricha, Jalolobod nomini o'zgartirish, uning istiqbolli rivojlanishi va mamlakat uchun ortib borayotgan ahamiyatini hisobga olgan holda, strategik jihatdan to'g'ri qaror bo'ldi.

    “Ba'zi siyosatchilar Manas Qirg'iziston poytaxtiga aylanadi, deyishdi. Agar bunga loyiq bo'lsak, nega bo'lmas ekan? Vaqt ko'rsatadi. Lekin buning uchun shahar va aholi tayyor bo'lishi, psixologik tayyorlanishi kerak. Poytaxt bo'lish oson emas: shaharga katta mablag' ajratilgan, uni o'zgartirish, zamonaviy qilish kerak”, deydi Qamchibek Tashiyev.

    Uning so'zlariga ko'ra, shaharda rivojlanishga qaratilgan qurilish va infratuzilma ishlari jadal olib borilmoqda va Manas Qirg'izistonning eng zamonaviy va rivojlangan shaharlaridan biriga aylanishi kerak, deb xabar berdi 24.kg.