Yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tezkor shtab tuzilib, “Qamchiq” MQYOQB va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ maxsus avariya-tiklash brigadasi va muhandislik texnikalari bilan yoʻlda taʼmirlash ishlari olib borilib, elektr tayanch ustuni, hamda yoʻl ostidan qoʻshimcha sel oʻtkazgich qurish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, avtomobil yoʻlida sel, toshqin oqibatlarini bartaraf etish va yogʻingarchilik suvlarini betalofat oʻtkazib yuborish maqsadida, suv oʻtkazish inshootlarini va kyuvetlarni tozalash tadbirlari olib borildi. Dovon hududida hodisa oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari davom etmoqda.