Nature jurnalida e'lon qilingan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, insulin qarshiligini muayyan ichak bakteriyalari yordamida yaxshilash mumkin.
Tadqiqot davomida olimlar 300 dan ortiq yoshi katta odamlar mikrobioma namunalaridagi bakteriyalarni o'rganishdi. Ular yuqori insulin qarshiligi ichakdagi uglevodlar, ayniqsa monosaxaridlar (glyukoza, fruktoza, galaktoza va mannoz) ko'pligi bilan bog'liqligini payqashdi. Keyin olimlar ishtirokchilarning ichak mikrobiotasini va ularning insulin qarshiligini najasdagi uglevod ma'lumotlari bilan solishtirishdi.
Ma'lum bo'lishicha, insulin qarshiligi yuqori bo'lgan odamlarning ichaklarida asosan Lachnospiraceae turidagi bakteriyalar mavjud. Bundan tashqari, Lachnospiraceaeni o'z ichiga olgan mikrobiomalarda monosaxaridlar ko'p edi. Shu bilan birga, ichaklarida ko'proq Bacteroidales tipidagi bakteriyalar bo'lgan ishtirokchilarda insulin qarshiligi va uglevod darajasi pastroq bo'lgan.
Sichqonlar ustida o'tkazilgan tajribada diabetni davolash uchun eng istiqbolli nomzod A. Indistinctus ekani ma'lum bo'ldi, u qondagi qand miqdorini va insulin qarshiligini pasaytirdi, deb xabar beradi lenta.ru.