Bunga javoban Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati o'z munosabatini e'lon qildi. Unda ta'kidlanishicha, “Qanotchi restorani tajriba tariqasida ishga tushirilgan.

SHuningdek, “Bu poytaxtimiz maskanlari bosqichma-bosqich ochilishi uchun chora-tadbirlar tartibini ishlab chiqish uchun zarur edi. Ayni vaqtda eksperiment yakuniga etgan, restoran yopilgan.

SeOM, IIBB va Toshkent shahar hokimligining umumiy xulosasiga asosan, shahar umumiy ovqatlanish maskanlarining ochilishi uchun choralar rejasi hamda reglamenti ishlab chiqiladi.

eksperiment doirasida Qanotchi restorani ma'muriyati o'z hisobidan ovqatlanish zalini SeOM me'yorlari asosida jihozlab, dezinfektsiya ishlarini amalga oshirdi va mehmonlarni zalda joylashtirish, ularga xizmat ko'rsatish va kiritish bo'yicha barcha belgilangan choralarni ishlab chiqdi.

Batafsil foto- va videohisobot maxsus komissiyaga qaror qabul qilish uchun taqdim qilinib, uning asosida umumiy ovqatlanish maskanlarini ishga tushirish tartibi belgilanadi.

Restoranning odatiy tartibda ishga tushgani haqida ommaga taqdim qilingan ma'lumot yuzasidan esa, noto'g'ri axborot tarqatib poytaxt aholisiga yanglish ma'lumot berishda aybdorlar, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi”, deyiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati munosabatida.

Bugun Toshkent shahar IIBBning telegram ijtimoiy tarmog'ida sahifasida ham mazkur sinov xususida munosabat bildirildi.

Unda qayd etilishicha, karantin choralarini bosqichma-bosqich yumshatish rejasiga muvofiq, xizmat ko'rsatish sohasi sub'ektlarining faoliyati asta-sekin tiklanishi ko'zda tutilgan.

epidemiologik holat barqaror bo'lgan tumanlarda tegishli sanitariya me'yorlarini o'rnatgan holda maishiy do'konlar, tibbiy diagnostika xizmatlari, taksi, tikuvchilik, maishiy texnika va oyoq kiyim ta'mirlash, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berilgan. SHu bilan birga kontsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari, marosimlarni o'tkazmaslik bo'yicha cheklovlar saqlanib qolinadi.

SHu munosabat bilan “Qanotchi” restoranida umumiy ovqatlanish joylarining sanitariya-epidemiologiya me'yorlariga rioya qilgan holda ishlash imkoniyatini o'rganish maqsadida sinov o'tkazildi. SeX xizmatlari ishchilari bilan hamkorlikda o'tkaziladigan sinov haqida Toshkent shahar IIBB xabardor qilingan edi.

Umumiy ovqatlanish joyi dezinfektsiya moslamasi, mijozlar stollarini ajratib turuvchi himoya ekranlari bilan jihozlanib, SeOM bosh shifokori M. Qudratxodjaevaning sharhida qayd etilganidek, “...ishlab chiqilgan xavfsizlik choralari rejasiga rioya qilayotgan edi”.

Sinov natijalari Koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash bo'yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma'lum qilinib, umumiy ovqatlanish joylari faoliyatini tiklash masalasi o'rganiladi va uzil-kesil qaror qabul qilinadi, deyiladi Toshkent shahar IIBB bayonotida.