Qanqatepa yodgorligidan o‘rta asrlarga oid buyumlar topildi

    O‘rta asrlarga tegishli zardushtiylik dini ibodatxonasidan topilgan topilmalari haqida ma’lum qilindi.

    Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Qanqatepa yodgorligida arxeologlar tomonidan qazishma ishlari olib borilmoqda. Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi San’at Kubayev o‘rta asrlarga tegishli zardushtiylik dini ibodatxonasidan topilgan topilmalari haqida ma’lum qildi.

    Qazilma vaqtida zardushtiylik diniga tegishli sopol idish bo‘laklari, tangalar va shunga o‘xshash bir qancha buyumlar topilgan. Hozirgi vaqtda ibodatxonaning kirish qismida qazilma ishlari olib borilmoqda.