Mamlakatimizda inson huquqi va erkinliklariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Nafaqat yurtdoshlarimiz, balki, qoʻshni davlatlardan kelib uzoq yillar davomida umrguzaronlik qilayotgan fuqaroligi yoʻq shaxslarning ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinayotgani fikrimizning dalilidir.
Xususan, Gʻuzor tumanida yashab kelayotgan 1297 nafar fuqaroligi yoʻq shaxslar ham ana shunday imkoniyatdan bahramand boʻlishdi.
Ularga Gʻuzor tumani IIB Megratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib berildi.
— Bizni azaliy orzularimiz amalga oshdi, Oʻzbekiston fuqarosiga aylandik. Prezidet sayloviga ishtirok etish oʻz ovozimizni berish baxtiga muyassar boʻlganimizdan xursandmiz, — deydi “Dashtobod” mahallasida yashovchi fuqaro Boyqobilov Yoʻldosh bobo.