Energetika vazirligi huzuridagi “O'zenergoinspeksiya” tomonidan Jizzax viloyatidagi iste'molchilarning elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash bo'yicha nazorat tadbirlari o'tkazilmoqda. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, “Jizzax suv ta’minoti” MCHJga qarashli “Qo‘ytosh” tumanlararo suv ta'minoti bo'limining oylik hisobotlarida iste'mol qilingan elektr energiyasi yashirib kelinganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan elektr ta'minoti korxonasi tomonidan 9 079 988 kVt soat yoki 4 milliard 79 million so'm miqdorida elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 45 mingdan ortiq xonadonning o'rtacha 1 oylik iste'molini tashkil qiladi.
“O'zenergoinspeksiya”ning ma'lum qilishicha, qoidabuzarlik bo'yicha qonuniy chora ko'rilishi uchun hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.