“Qarshi” aeroportining parvoz jadvalida mazkur qatnov aniqlanmagan. WZ-4492 qatnovi bugun “Navoiy” aeroportidan soat 15:00 da uchib ketishi taʼkidlangan. Shu jumladan, onlayn xizmatlardan sotib olingan Easy Booking va Atlas Avia Tour chiptalarida uchib ketish shahri Qarshi va vaqti 08.00 etib koʻrsatilgan.

“Qarshi” aeroportida, baʼzi aviakassalar shu tarzda bir shahardagi yoʻlovchilarning kam yuklanishini, yoʻlovchilarni joʻnab ketish shahri haqida ataylab notoʻgʻri maʼlumot berish bilan boshqa shaharlarda sotish orqali qoplashini maʼlum qildi. Bunda masʼullar transferni tashkil qilishlari shart. Mazkur holatda esa Qarshi shahridan Navoiyga transfer tashkil etilmagan. Yoʻlovchilar oʻz hisoblaridan, xususiy taksilar orqali qoʻshni shaharga yetib borishga majbur boʻldi.

“Navoiy” aeroportida, xabar qilinganidek, WZ-4492 qatnovi yoʻlovchilari terminalga yetib kelishgan. Parvoz uchun roʻyxatdan oʻtish mahalliy vaqt bilan 12:00 da boshlangan.

Eslatib oʻtamiz, “Uzbekistan Airports” AJ aviachiptalar sotuviga masʼul emas, — deyiladi rasmiy bayonotda.