Jumladan, universitetning 543 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlari ishlashga ehtiyoji borligi aniqlanib, ularning salohiyatidan kelib chiqqan holda 48 nafari oliy oʻquv yurtining oʻziga, 41 nafari esa taʼlim maskani hududida joylashgan savdo va xizmat koʻrsatish obyektlariga jalb qilindi.
Bunday ishlarning davomi sifatida universitet qoshida “Chevar qizlar” tikuvchilik sexi faoliyati tashkil etildi.
Bu yerda ichki ehtiyojlarga koʻra TTJ uchun tikuv-trikotaj buyumlari (yuqori sifatli sochiq, choyshab, matras, yostiqlar) ishlab chiqarilib, sexning 2 smenada ishlashi ortidan 20 nafar talaba-yoshlar ish bilan taʼminlandi.
Oliy oʻquv yurtida hozirning oʻzida 100 nafardan ortiq talabalar bandligi taʼminlanib, bu kabi ishlar davom etmoqda.