Bog'chada barcha sharoitlar yaratilgan bo'lib, alohida ovqatlanish xonasi, sport zali va yozgi futbol maydonchasi ham tashkil etilgan.
Maskanda ta'lim-tarbiya jaryoni ilg'or xorijiy tajribalar asosida olib boriladi. Rus, ingliz tillari chuqur o'rgatiladi va rasm, badiiy gimnastika, suzish, raqs to'garaklarida malakali mutaxassislar mashg'ulot o'tishi ko'zda tutilgan.
Shuningdek, zamonaviy texnika vositalari va jihozlar bilan ta'minlangan o'quv xonalari, o'yin attraktsionlari, jonli burchak barchasi bolajonlar ixtiyorida.
Muxtasar aytganda, bolalarning har tomonlama etuk inson bo'lib ulg'ayishlari uchun muassasada barcha imkoniyatlar yaratilgan.