Investorlar vakillari Nazrul Islom va Varun Aggarval shu munosabat bilan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Ravshan Toʻlakov hamda Qarshi shahar hokimining oʻrinbosari Javlon Bokulov bilan muzokora oʻtkazdi.

Muzokoralar jarayonida xorijlik investorlar vakillari oʻzlarining bu boradagi takliflarini bayon etishdi.

Boshqarma boshligʻi Ravshan Toʻlakov kelgusida yuqori texnologiyali videolaparaskopik jarrohlik amaliyotlari, shuningdek, xirurgiya, ginekologiya va neyroxirurgiya yoʻnalishlarida zamonaviy tibbiy xizmat yoʻlga qoʻyilsa, simulyatsiya markazi bunyod etilsa, telemeditsina rivojlantirilsa investorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida barcha imkoniyatlar yaratib berilishini maʼlum qildi.

Mehmonlar bilan bu boradagi imkoniyatlar batafsil muhokoma qilib olindi.