Qarshi va Namangandan Istanbulga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyildi

    Qanot Sharq aviakompaniyasi O‘zbekistonning ikki shahridan Istanbulga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda.

    11-iyundan Istanbul va Namangan oʻrtasida havo qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Parvozlar haftada bir marta seshanba kunlari Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi. Shuningdek, 13-iyundan boshlab aviatashuvchi Qarshi – Istanbul – Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshlaydi. Parvozlar haftada bir marta payshanba kunlari Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.

    Iyun oyi yakuniga O‘zbekistonning sakkiz shahridan – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus, Farg‘ona, Namangan va Qarshidan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlar amalga oshiriladi.

    Shuningdek, Qanot Sharq aviakompaniyasi yaqin orada Qarshidan yana ikki yo‘nalish Qarshi – Moskva – Qarshi va Qarshi – Sankt-Peterburg – Qarshi yo‘nalishlarida parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.