Aeroportning VIP, biznes va umumiy yo‘lovchilar o‘tish terminallari tashqi va ichki qismi, ro‘yxatdan o‘tkazish uskunalari, tekshirish moslamalari va barcha xizmat xonalari maxsus tibbiy vositalar yordamida har 3 soatda dezinfektsiya qilinmoqda.

Aeroport hududiga kirish joylari 2 metrli ko‘rsatkich orqali masofani saqlovchi chiziqlar, zarur uskunalar, tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta‘minlab borilayapti.

Soha xodimlari, aeroportga tashrif buyuruvchilarning  tana harorati masofaviy termometr (panometr) va teplovizorlar orqali tekshirilishiga jiddiy e'tibor qaratilgan.