Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova avvaldan 5 nafar qiz farzandni tarbiyalab kelayotgan edi. Yaqinda bu oila yana toʻrt qizaloq bilan toʻldi — natijada xonadon 9 qizli boʻldi.

Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida kesarcha kesish yoʻli bilan dunyoga kelgan.

Qizaloqlar maʼlumotlari quyidagicha:

  • Birinchisi — 1 400 gramm, 37 sm
  • Ikkinchisi — 1 450 gramm, 38 sm
  • Uchinchisi — 1 600 gramm, 40 sm
  • Toʻrtinchisi — 1 400 gramm, 37 sm

Ayni paytda chaqaloqlar filialda xalqaro tibbiy protokollar asosida parvarishlanmoqda. Shifokorlar ularning ahvoli barqarorligini maʼlum qilgan.