Maʼlum boʻlishicha, voqea soat 09:10 atrofida shaharning “Kat” MFY Nasaf koʻchasida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, yongʻin chiqqan mebel ishlab chiqarish sexiga 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borib, soat 09:26 da alanga oʻchirilgan.
Oqibatda sexning taxminan 200 kvadrat/metr maydoni ichidagi mahsulotlari yonib zararlangan va jarohatlangan 3 nafar fuqaro shifoxonada vafot etgan. Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.