Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baliqchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.X. fuqaro N.M.dan olgan 13,4 mln soʻm qarzi evaziga notanish fuqarodan sotib olgan qalbaki 50 AQSH dollarlik kupyuralar bilan hisob-kitob qilib, jami 1 200 qalbaki AQSH dollarini berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.