Kunning yarmiga borib kasalxonadagi shifokorlar g'imirlab qoldi. emishki, soat 12 dan keyin hamma bosh shifokor o'z xonasida yig'ilar ekan. Faqat qabulxonada ikki-uch kishidan ortiq odam to'planmasligi kerak. O'rta va kichik tibbiyot xodimlari keyinroq, kunning ikkinchi yarmida farroshlar kiradi, degan xabar tarqaldi. Biroz vaqt o'tar-o'tmas ikkinchi xabar ham yoyildi. Faqat oltmish yoshdan o'tganlarga bu tegishli emas. Xonamda o'tirgancha o'ylanib qoldim. Xo'sh, bu qanday xabar ekan? Bu maskanda faoliyat ko'rsatayotganimga salkam qirq yildan oshibdiki, bosh shifokorning “Oltmish yoshdan kattalar qabulimga kirmasin”, deganini birinchi marta eshitishim. O'zi tinchlikmi, degan savol ich-etimni edi. Sekin xonamning eshigini ochdim. Qarasam, bo'lim hamshirasi hovliqib ketayotgan ekan.

— Qizim, tinchlikmi?, deb so'radim.

  • e, domla, bu sizga tegishli emas, nafaqadagilar bormaydi, dedi-da, to'xtamasdan o'tib ketdi.

Niqobimni taqdim-da, atrofga qaradim. “Xo'sh, bitta shifoxonada, institutda shuncha yil ishlab, o'qib, bolalarni o'qitib, ilm berdim. endi bizga “tegishli bo'lmagan narsa” nima ekan, deb bosh shifokor qabulxonasi tomon yurdim. Haqiqatan, ijtimoiy masofa saqlangan, niqob taqqan holda o'n-o'n besh chog'li yosh shifokor yo'lakda turgan ekan. Meni ko'rib, hammasi hurmat bilan o'rnidan turdi. Salom-alikdan so'ng sekin so'radim.

— Ichkariga kirsam bo'ladimi?

— Kiring, domla, siz navbat kutmasangiz ham bo'ladi.

eshikni taqillatib, bosh shifokor xonasiga kirdim. U o'rinbosar ikkalasi yosh hamkasbimiz bilan gaplashayotgan ekan.

— Ustoz, siz o'tira turing, keyin vaziyatni tushuntiraman, — dediyu so'zida davom etdi.

— Masala juda jiddiy. Uyingizga borib, o'zingiz uchun eng kerakli birlamchi narsalaringizni oling-da, Zangiota tumanida yangi ochilgan shifoxonaga ertaga ertalab etib boring.  Rozimisiz?

— Ha, albatta, aytilgan vaqtda etib boraman.

— Rahmat sizga! Ketishingiz mumkin.

So'ng bosh shifokor menga yuzlandi:

— Ustoz, COVID-19 bilan kurashish uchun bizning xodimlarni ham jalb qilishyapti. To'g'ri, biz infektsionist emasmiz, ammo shifokormiz, qasamyod qilganmiz, bajariladigan hamma muolajalarni uch-to'rt kun ichida oxiriga etkazishimiz shart. O'zingizning xabaringiz bor, oltmishdan oshganlarni yubora olmaymiz, sabab ma'lum. Ularga mabodo kasallik yuqsa, og'ir o'tyapti, — dediyu, navbatdagi shifokorni chaqirdi. Oq-sariqdan kelgan shifokor o'zini juda xotirjam tutdi.

— Ota-onamga, farzandlarimga bozorlik qilib beraman-da, ertaga belgilangan vaqtda aytilgan joyga etib boraman, — deb  ruxsat so'rab chiqib ketdi. Keyingi shifokor o'ttizlardan oshgan ayol edi.

— Turmush o'rtog'im ham shifokor, bir oydan beri aeroportda migrantlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishda qatnashmoqda. Ikki farzandimni onamga topshirib, ertaga aytgan joyingizga boraman, — dedi.

Keyin hamshiralar birin-ketin kirdi. e'tiborlisi shunda ediki, ularning birortasi ham rad javobini bermadi. Hatto farroshlar ham “kerak bo'lsa, boramiz”, deyishdi. Ikki soatga qolmasdan 80 yillik katta bir ilm dargohining oq xalatli shifokorlari, hamshiralari, hatto qasamyod qilmagan oddiy farroshlari ko'zga ko'rinmas dushman bilan kurashishga otlandi. SHu orada mening ham hurmat-ehtiromimni qilib, uyga, karantinga jo'natishdi. Qarangki, mamlakatimizda e'lon qilingan karantin shartlariga qaramay, birpasda institut darvozasi oldida har xil rusumli avtomobillarda kirakashlar paydo bo'ldi. Ulardan biri qo'lida kalitini o'ynatib, hamshira qizlarga “taksi bor, qaerga borasizlar”, dedi. SHunda qizlardan biri “YUnusobodga”, deb javob berdi. “Ikki kishiga 20 mingdan 40 ming bo'ladi”, dedi taksichi. Qizlarning ikkalasi ham “Ishtahangiz zo'r-ku”, deyishdiyu, ammo chorasiz taksiga o'tirdi. Uchinchi ayol kelib, “Sergeliga”, dedi.

Haydovchi “Matiz”ning ichida o'tirib, “Rozi bo'lsangiz 50 ming, faqat yo'ldan odam olishim mumkin”, dedi. Qarang, qisqa vaqt ichida darvoza oldida hech kim qolmadi. Men ham qora sumkamni ko'tarib, karantinga otlandim. Uygacha roppa-rosa 2 kilometr, 26-27 daqiqa yayov yuraman, fikrlar olis 90-yillarga olib ketdi.

Kasallik “sen katta, sen kichiksan”, demas ekan. YUqib qoldimi, tamom, yo davolanasan, yo ... Qishning qorli kunlari yoshi etmishni qoralab qolgan sersoqol, qorachadan kelgan bir otaxonni laboratoriya tekshiruviga olib kelishdi. Yo'llanmada ko'rsatilganidek, salkam ikki oydan beri teri kasalligi tashxisi bilan davolangan, ammo muolajalar unchalik samara bermagan. Uni qaytadan maxsus laboratoriya tekshiruvidan o'tkazish kerak. Roppa-rosa ikki soat mikroskopda tekshirdim. Ne ko'z bilan ko'rayki, preparatda moxov kasalligini qo'zg'atuvchi mikroblar qip-qizil bo'lib yastanib yotardi. Tashxis moxov. Tibbiyot tilida “lepra” deyiladi. Ular davolanadigan makon esa “leprazoriy”, ya'ni “moxovxona” deb ataladi. ertasiga hamma yoq to'polon bo'lib ketdi. “SHuncha kundan beri biz moxovni davolayotgan ekanmiz, bilmabmiz, deb so'z boshladi bosh shifokor. — endi bemorni zudlik bilan izolyatsiya qilishimiz kerak. Aniqrog'i, “moxovxona”ga olib borishimiz kerak. U joyda uni alohida qilib, maxsus davolashadi. Xo'sh, kim, qaysi shifokor kuzatib boradi”.

Hech kim lom-mim demadi. Birini, ikkinchisini turg'izishdi. Hech bir shifokor rozi bo'lmadi. Hatto ayrimlari: “Men moxov do'xtiri bo'laman, deb etti yil institutda o'qiganim yo'q, qasamyodni esa bemorlarni davolayman deb ichganman” deya dimog'ini ko'tardi. Tortishuv anchagacha davom etdi. Kimlardir hatto bo'shash uchun ariza yozishni ro'kach qildi. Oxiri navbat menga keldi. Hech ikkilanmasdan “boraman” dedim. SHunda bosh shifokor o'rinbosari “Axir bu kishi laboratoriya xodimi-ku, bu yog'i qanday bo'ladi?” desa, boshliq hammaga qarab, “zo'r bo'ladi”, desa bo'ladimi! Ish kunining nihoyasida maxsus tez yordam mashinasi keldi va biz — haydovchi, bemor va men “moxovxona”ga ketdik. U joyga yarim kunda etib bordik. Qarang, ichkarida bemorlarning birortasi ham uxlamagan, qaerdan bilsa, bilishgan. Bizni o'sha joyning bosh shifokori bilan besh-oltita bemor kutib oldi. SHunda yoshi keksa bir bemor so'z boshladi:     

— Yigit, bemorni sen aniqlabsan, buning uchun rahmat aytib qo'yay. Bizlar bu joyda 20-30 yildan beri izolyatsiyadamiz. Tun-kun bizga baribir. Bu erdagilarning uchtadan bittasi ko'r. Qolganlari ham nogiron. Bizga so'z ber, qasam ich, kelajakda bu kasallikni o'rganaman, bemorlarni tuzataman, qo'limdan kelgan yaxshilikni qilaman, deb. Rozimisan axir, Gippokratning qasamini ichgansan. YOki tonasanmi?

Avvaliga dovdirab qoldim, keyin o'zimga kelib so'z berdim:

— Men sizlarga yordam beraman!

Mana, oradan qariyb o'ttiz yil o'tdi. Unday joylar yopilib ketdi. Bemorlarning bir qismi yoshini yashab o'tdi, bir qismi tuzalib, uyiga qaytdi.

O'sha fikr-xayollar bilan uyga ham kelib qolibman. Oldimdan avtoulovdagi ko'chma do'kon chiqdi.

— Hormanglar, — deyman. — Tuxum qanchadan?

— Kattalari bir ming ikki yuz, kichiklari ming so'mdan.

— YO rabbim. Axir, o'tgan hafta olti-etti yuz so'm edi-ku.

— Aka, yoqmasa boshqa joyga boring, bizning tovuqlar qimmat tuxum qo'yadi.

Uyga kirib, yana o'yga botdim. O'ttiz yil avval bir kasalni shifo maskaniga olib borish uchun butun boshli shifoxonadan birgina shifokor chiqmagan edi. endi-chi? Bugun har bir shifokor, yana yoshlar, o'g'il-qizlarim eng og'ir, eng yuqumli kasalliklardan biri COVID-19ni davolashga shay ekanini ochiqdan-ochiq aytmoqda. Bunday mard va jasur, o'z kasbiga fidoyi shifokor yigit-qizlar yangi O'zbekistonda tarbiya ko'rgan, Vatanning haqiqiy farzandlari. Biz ular bilan faxrlanamiz. Axir o'zining, yaqinlarining hayotini xavfga qo'yib, xasta jonlar dardiga darmon bo'lish uchun otlanayotgan, xalq dardini o'zining dardi deb bilayotgan, kasbiga sodiq shifokorlar bilan faxrlanmay bo'ladimi? Ularning mashaqqatli, ammo sharafli mehnati oldida bosh egmasdan bo'ladimi? Ular qasamyod qilgan. Ana shu qasamyodga nechog'li sodiqligi bugun sinovdan o'tmoqda. Kirakashlar, tuxumni ustiga qo'yib sotayotgan olibsotar yulg'ichlar xalqi oldida, vatani oldida qasam ichmagan. Qiziq, ular bilarmikan shifokorning qasamyodi eskirmasligini? Xalq uchun xizmat qilish oliy saodat ekanini anglarmikan? Insonga berilgan omonat umrni qanday yashab o'tish har kimning vijdoniga havola, degan o'ylar bilan o'zimga taskin beraman.

                                               egamberdi eSHBOEV,

                                      Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy

tibbiyot markazi professori,

  tibbiyot fanlari doktori, mikrobiolog