Bosh prokuraturaning xabar berishicha, oʻtkazilgan tekshiruvlarda Koʻkdala tumani “Shoʻrquduq" mahallasi hududidagi yer maydonida fuqaro N.Oqmirzayev tomonidan yakka qator qilib ekilgan 103 tup "Koʻktol" daraxtlari noqonuniy ravishda butunlay kesilganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovni tashkillashtirish uchun tuman IIBga yuborilgan.

Shuningdek, holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib oʻtamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani "Ayritom" mahallasida 2024-yilning dekabr oyida 30 dan ortiq qoratol daraxtlari noqonuniy kesilganligi haqida xabar eʼlon qilingandi