Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida tuman ekologiya bo'limi ishchi guruhi tomonidan tezkor reyd tadbiri o'tkazildi.

Reyd davomida tadbirkorlik sub'ekti tomonidan "Torqopchig'oy" massivi o'rmon xo'jaligi hududida 2532 ta tojik kavragi o'simligining ildiz qismlari kavlanib, kesilganligi aniqlandi. 

Holat natijasida o'simlik dunyosiga jami 1 mlrd 253 ming so'm zarar yetkazilgan.

Ma'lumot uchun, tojik kavragi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar to'planib, prokuraturaga yuborildi.