Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga joriy yilning 9-yanvar kuni Kasbi tumani Nazartepa MFY “Nazartepa” qishlogʻida yashovchi fuqaro Choʻliyev Muzaffar Abdiraimovichning “Indorama Agro” MCHJ XK tomonidan Kasbi tumani Nazartepa MFYdagi Navroʻz hududida har xil turdagi va diametrdagi daraxtlar texnika yordamida ildizlari bilan koʻchirib oʻtkazilganligi toʻgʻrisida» kelib tushgan murojaati inspektorlar tomonidan borib oʻrganildi, deya xabar beradi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi.
Oʻrganish davomida “Indorama Agro” MCHJ XK tomonidan jami 560 (besh yuz oltmish) tup har xil turdagi va diametrdagi daraxtlarni tartib-qoidalarga amal qilmasdan koʻchirganligi oqibatida daraxtlarga zarar yetkazilganligi holati aniqlangan.
Noqonuniy, ruxsatsiz hamda daraxtlarni koʻchirish tartib-qoidalariga amal qilinmasdan koʻchirilganligi oqibatida yetkazilgan zarari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022-yildagi 464-sonli qarori 4-ilovasiga asosan hisoblanganda Tabiatga, oʻsimlik dunyosiga 2 824 495 000 (ikki milliard sakkiz yuz yigirma toʻrt ming toʻrt yuz toʻqson besh ming) soʻmni tashkil etadi.
Tabiatga etkazilgan zararni undirish uchun holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjattlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.