Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 12-oktyabr kuni Qarshi shahrida yashovchi J.D. (ayol) Qashqadaryo viloyati IIBning 102-raqamli telefoniga murojaat qilib, turmush oʻrtogʻi (2021-yildan u bilan birga yashab kelayotgan) B.Q. ayolning 2017-yilda tugʻilgan qiziga nisbatan jinsiy zoʻravonlik harakatlarini qilgani toʻgʻrisida xabar bergan.
Mazkur holat boʻyicha Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan oʻz kuzatuvini davom ettirmoqda.
Ish borishi yuzasidan qoʻshimcha tarzda maʼlumot beriladi.