Hujjatga koʻra, AKSA Enerji davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida quvvati 400MVt gaz porshenli elektr stansiyasini qurish uchun 250 million dollar sarmoya kiritadi.
Kompaniya 25 yil — loyihani amalga oshirishning butun davri davomida elektr stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ishlatish bilan shugʻullanadi.
Qurilish ishlarining boshlanishi 2023-yil dekabr oyida, 2024-yil oxirida elektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Turkiya kompaniyasining tashrifi doirasida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va AKSA Enerji oʻrtasida elektr energiyasini sotib olish shartnomasi ham imzolandi va bu bilan Oʻzbekiston tomoni turkiyalik investordan 25 yilga kafolatlangan elektr energiyasini sotib olishni amalga oshiradi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun: Aksa Energy 1960-yilda tashkil etilgan Kazanci Holding tarkibiga kiradi. Xolding nafaqat energetika sohasida loyihalarni ishlab chiqadi, balki qishloq xoʻjaligi va turizmda ham. Shuningdek, kompaniya qator mamlakatlarda: Turkiya, Gana, Madagaskar, Mali, Kongo va Oʻzbekistonda elektr stansiyalarini quryapti.