Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro Sh.Q. va boshqalar tijorat bankidan ajratilgan kreditni suiisteʼmol qilgan. Ular kreditga xarid qilingan BYD HAN rusumli avtomobilni bank talabiga muvofiq garovga qoʻyishlari kerak boʻlgan, ammo bu shartni bajarmagan.
Bu harakat oqibatida bank manfaatlariga 620 million soʻmlik zarar yetkazilgan. Voqea yuzasidan Jinoyat kodeksiga muvofiq ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.